Roziyev Farhod Zafarovich "O'zbektelekom" AK Bosh direktori v.v.b lavozimiga tayinlandi

26 Fеvral 2018 yil
Shuhrat Qodirovning Bosh direktor vakolatlari to'xtatilishi va Farhod Roziyevning ushbu lavozimga tayinlanishi to'g'risida qaror Kompaniyaning umumiy yig'ilishida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tomonidan eshittirildi.


Vazir yangi Bosh direktor bilan tanishtirar ekan, Shuhrat Qodirovga minnatdorchilik bildirdi va ayni paytda Kompaniyaning oldida boshlangan islohotlarni davom ettirish va rivojlanishning joriy kurslarini saqlab qolishdek vazifalar turganligini ta'kidlab o'tdi.

Farhod Zafarovich Roziyev 1979-yil 26-martda tug'ilgan, 2000-yilda Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetining "Xalqaro Iqtisodiy aloqalar" fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2000-yilda “Sarkor-Telecom” MChJ menejeri lavozimidan boshlagan.

2002-yildan 2018-yilga qadar “Sarkor-Telekom” MChJ, “Winncom Technologies Corp”, “O'zbektelekom” AK, “Intelligent Consulting” MChJ kabi tashkilotlarda faoliyat yuritgan.

2011–2012 yillarda “O‘zbektelekom” AK “Uzonline” loyiha rahbari va “O‘zMobayl” filiali direktori lavozimlarida mehnat faoliyatini olib borgan.

O'zbek, rus va ingliz tillarida erkin so'zlashadi.

Oilali, 2 farzandning otasi.

Ma'lumot

«O'zbеktеlеkom» - AK butun O'zbеkiston Rеspublikasi hududini o'z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik tеlеkommunikatsiyalar opеratoridir. Kompaniya quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: qayd etilgan va mobil aloqa opеratorlari hamda provaydеrlariga kanallarni ijaraga bеrish bo‘yicha xizmatlarni, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma'lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Intеrnеt tarmog‘idan foydalanish, vidеokonfеrеnsaloqa xizmatlarini, CDMA va GSM standartida mobil aloqa xizmatlarini taqdim etadi, tеlеvizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi. Kompaniyaning bozordagi xizmatlari to'rtta —UZTЕLЕCOM™, UZMOBILЕ™, UZONLINЕ™ va TELECOM TV™ savdo bеlgilari ostida ko‘rsatiladi. Kompaniya tarkibida 22ta filial faoliyat yuritadi, ulardan 14 tasi mintaqaviy, 8 ta ixtisoslashtirilgan va 3 tasi sho‘ba korxonasidir. Kompaniya xodimlarining soni 2016-yil oxiriga kеlib, 15 ming nafarni tashkil etdi. «O‘zbеktеlеkom» AK Mobil va qayd etilgan, shaharlararo va xalqaro aloqa, ma'lumotlar uzatish va Intеrnеt xizmatlari ko‘rsatuvchi sakkizta qo‘shma korxonalarda o‘z ulushiga ega.