Yangiliklar va prеss-rеlizlar

  • 15 Mart
    Hurmatli abonentlar!
    Yangi platformaga o'tilishi munosabati bilan UZTELECOM.UZ va UZONLINE.UZ saytlarida yaqin 1 sutka davomida uzilishlar kuzatilishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzur so'raymiz.
  • 26 Fеvral
    Roziyev Farhod Zafarovich "O'zbektelekom" AK Bosh direktori v.v.b lavozimiga tayinlandi
    Shuhrat Qodirovning Bosh direktor vakolatlari to'xtatilishi va Farhod Roziyevning ushbu lavozimga tayinlanishi to'g'risida qaror Kompaniyaning umumiy yig'ilishida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tomonidan eshittirildi.
    Vazir yangi Bosh direktor bilan tanishtirar ekan, Shuhrat Qodirovga minnatdorchilik bildirdi va ayni paytda Kompaniyaning oldida boshlangan islohotlarni davom ettirish va rivojlanishning joriy kurslarini saqlab qolishdek vazifalar turganligini ta'kidlab o'tdi.
  • 21 Fеvral
    "O'zbektelekom" AKda O'zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi saylovi
    Yoshlar ittifoqining boshlang'ich tashkilotining "O'zbektelekom" AKdagi yetakchisi saylovlari bo'lib o'tdi. Yig'ilishda Kompaniya Ijroiya apparati va Toshkent shahridagi filiallardan yosh xodimlar ishtirok etdilar.

  • 1 Fеvral
    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari soxasida yangi me'yoriy hujjat
    “O’zstandart” agentligi tomonidan O‘z DSt 3205:2017 “Telekommunikatsiya tarmoqlari. Ma’lumotlar uzatish xizmatlarining sifat ko’rsatkichlari va normalari” me’yoriy hujjati qabul qilindi.
  • 1 Fеvral
    UZTELECOMdan aksiya!
    2018 yil 1 fevraldan boshlab UZTELECOM butun 2018 yil mobaynida amal qiluvchi AKSIYA e'lon qildi. Aksiya dpirasida GPON texnologiyasiga ulanib, bonus sifatida splitterdan yakuniy qurilmagacha 100 m kabelga ega bo'lishingiz mumkin.

    Toshkent shahrida GPON texnologiyasi bo'yicha HG8245 modemining narxi 446,5 ming so'mni tashkil etadi, viloyatlarda narx modem modeliga bog'liq holda o'zgarishi mumkin.
      
    Ro'yxatdan o'tish narxi - 20 ming so'm.
  • 29 Yanvar
    “O‘zbеktеlеkom” aksiyadorlik kompaniyasida O‘zbеkiston Rеspublikasining Birinchi Prеzidеnti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
    “O‘zbеktеlеkom” aksiyadorlik kompaniyasida O‘zbеkiston Rеspublikasining Birinchi Prеzidеnti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyеvich Karimov xotirasiga bag‘ishlangan “Xotirangiz qalblarda mangu” mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi.
  • 24 Yanvar
    Xodimlar yubiley yoshlari nishonlandi
    23 yanvar 2018 yil "O'zbektelekom" AK ko'p yil faoliyat yuritgan xodimlarning yubely yoshlarini qarshi olganliklari munosabati bilan tabriklash marosimi bo'lib o'tdi.
  • 24 Yanvar
    UZMOBILE narxlarni ko'tarmaydi
    2017 yil yakunlarini umumlashtirar ekan, “OzbektelekomAK Uzmobile filiali ozining muvaffaqqiyatlari, yutuqlari va istiqbolli loyihalari bilan bo'lishishni istaydi.
  • 16 Yanvar
    Telefon aloqasi yana o'z bahosini topdi
    Abonentlarga sifatli xizmat ko’rsatish bilan bir qatorda zamon bilan hamqadam bo’lish, jahondagi texnologiya yangilliklariga dinamik tarzda javob bera olish, ularni tadbiq etish. Bularning barchasi tariflarning sezilarli darajada oshishiga olib kelishi kutilgan hol. Lekin “O’zbektelekom” AK ikki yildan ortiq vaqt davomida xalqaro aloqa sifatini ta’minlash xarajatlarini o’z hisobiga oldi, xususan amaldagi telefon kabellarini yangilash va yangilarini o’tkazish, qurilmalarni modernizatsiya qilish va boshqalar. Qo’shni davlatlar operatorlari tariflarining oshishiga qaramasdan Kompaniya past narxlarda xizmat ko’rsatishni davom ettirdi.
  • 15 Yanvar
    INTERNET BAHOSI: HISOB-KITOB FORMULASI
    Abonentlarning sifatli internetga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida «O’zbektelekom» AK xalqaro bozor telekommunikatsiya operatorlaridan qo’shimcha sig’imlarni sotib olmoqda. Respublikaning geografik joylashuvi tufayli aloqa kanali kamida 2 ta chegara orqali o’tadi – bu Rossiya va Qozog’iston chegaralari. Natijada, Internet xizmatlari narxi oshadi. Shu munosabat bilan, bugungi kunda milliy operator tarmoqa ulanish barqarorligini oshirish maqsadida dunyoning yirik yetkazib beruvchilari – Frankfurt va Gongkonggacha o’zining rezerv aloqa kanallarini ochish imkoniyatlarini ko’rib chiqmoqda.
  • 14 Yanvar
    Sizni Vatan himoyachilari kuni bilan chin dildan tabriklaymiz!

    14 yanvar - bu mamlakatning erkinligi va mustaqilligi uchun jon fido qilishga tayyor bo’lgan jasur, ruhan kuchli insonlar bayrami.

  • 12 Yanvar
    2017-yilda operatorlarga Internet narxi 1 Mbit/s uchun 91 AQSh dollaridan 30 AQSh dollarigacha tushdi
    Yaqin o’tmishda raqamli kelajak haqida ko’p shov-shuvlar bo’lgan edi. Bugun esa bunda hojat yo’q, chunki bugun biz raqamli davrning o’zida yashayapmiz. Statistik tadqiqot natijalari Internetning ko’p joyga yetib borganligi va keng tarqalganligini yana bir bor tasdiqlamoqda. Provayderlar imkon qadar ko’p abonentga xizmat ko’rsatish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solmoqdalar. Lekin tendensiya shundayki, tariff setkalaridan arzon va past tezlikdagi takliflar chiqib ketmoqda – abonentlarga nisbatan qimmat qimmat, shu bilan birga yuqori tezliklar taklif etilmoqda. Eskirgan tariflar arxivga yuboriladi va vaqt o’tib butunlay yopiladi. MDH davlatlari telekommunikatsiya bozorlarini o’rganish orqali ekspertlar aynan shunday xulosaga keldilar.
  • 9 Yanvar
    Prezident axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi
    2018 yil 9 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, tegishli vazirlik va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.