Rahbariyat

  •  
     
     
     
    Roziyev Farхod Zafarovich Bosh direktor v.v.b
    Ko'rib chiqiladigan masalalar
    • “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining boshqaruv faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda belgilangan maqsad va vazifalarning bajarilishiga mas’ul hisoblanadi;
    • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qarorlari va buyruqlariga, boshqa qonun hujjatlariga asoslanib, ishni amalga oshiradi va “O‘zbektelekom” AK ijroiya organi to‘g‘risidagi nizomning bajarilishini tashkil qiladi;
    • kompaniyada yagona siyosatining amalga oshirilishini ta’minlash, axborot texnologiyalarini rivojlantirish, axborotni himoya qilish va undan foydalanishning jahon darajasini hisobga olgan holda, zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha kompleks dasturlarni ishlab chiqishni hamda uning amalga oshirilishini tashkil etadi;
    • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mudofaa qobiliyati va milliy xavfsizlik manfaatlarini ta’minlash maqsadida chora-tadbirlar majmuasini tashkil etadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
    • tarkibiy bo‘linmalarda foydalaniladigan axborot tizimlari integratsiyasini ta’minlash maqsadida kompaniyaning axborot tizimini shakllantirish bo‘yicha yagona texnik siyosatni belgilashni tashkil etadi va amalga oshirilishini nazorat qiladi;
    • telekommunikatsiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, teleradioeshittirish vositalari va tarmoqlarini, dasturiy mahsulotlarning texnik vositalarini rivojlantirish uchun investitsiya siyosatining ishlab chiqilishini, amalga oshirilishini hamda chet el investitsiyalarining jalb etilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;
    • qonun hujjatlariga muvofiq hamda zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillariga tayangan holda, kompaniya boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Kuzatuv kengashiga kiritadi;
    • kompaniya tarkibidagi filiallar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, ular faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, filiallarning direktorlari, o‘rinbosarlari, ularga tenglashtirilgan lavozimlar va bosh buxgalterlarni lavozimga o‘rnatilgan tartibda tayinlaydi va egallab turgan lavozimidan ozod qiladi, rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda ularni tayyorlash ishlarini nazorat qiladi;
    • kompaniya ishtirokida tashkil etilgan qo‘shma korxonalar va jamiyatlarning boshqaruv organlarida qatnashadi va kompaniya vakillari orqali qonunchilikka asosan kadrlar siyosatini tashkil qiladi;
    • kompaniya Direktorlar kengashiga rahbarlik qiladi;
    • xalqaro tashkilotlar oldida kompaniya manfaatlarini himoya qiladi va jamoatchilik aloqalari borasidagi faoliyatga rahbarlik qiladi;
    • tarkibiy bo‘linmalar o‘rtasida va boshqa korxonalar bilan yagona texnologik jarayonda telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishdagi o‘zaro faoliyatlarni muvofiqlashtiradi;
    • telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun hisob taksalarini belgilash ishlariga rahbarlik qiladi;
    • kompaniya tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlarni taqsimlash ishlariga rahbarlik qiladi;
    • xalqaro elektroaloqa ittifoqi (XEI), Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik (ASHH) va turli xalqaro tashkilotlari, telekommunikatsiya texnologiyalari va qurilmalarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, shuningdek, kompaniya manfaatlaridan kelib chiqqan holda boshqa xalqaro va xorijiy kompaniya, firma, bank va jamg‘armalar bilan hamkorlikdagi faoliyatga rahbarlik qiladi;
    • mintaqaviy aloqa hamdo‘stligi (MAH) operatorlari Kengashi a’zosi majburiyatini bajarilishiga rahbarlik qiladi;
    • kompaniyaning joriy faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlashni tashkil qiladi;
    • kompaniyaning qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantirilishiga rahbarlik qiladi;
    • kompaniya ustaviga asosan kompaniya tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga beriladigan ishonchnomalarni imzolaydi;
    • kompaniya ulushi mavjud bo‘lgan aksiyadorlik kompaniyalari va jamiyatlari hamda qo‘shma korxonalarda kompaniyaning vakili hisoblanadi va boshqaruv organlarida qatnashadi, mazkur korxonalarning majlislarida ishtirok etadi, hamkorlikdagi faoliyatni muvofiqlashtiradi, kompaniya vakillari orqali qonunchilikka asosan kadrlar siyosatini tashkil qiladi;
    • kompaniyaning buxgalteriya, Xalqaro hamkorlik va aloqa operatorlari bilan ishlash boshqarmasi, Personalni boshqarish bo‘limi, Yuridik xizmati va Bosh ofis menejeri faoliyatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarib boradi, xodimlarning malakasini oshirish ishlarini tashkil etishda rahbarlik qiladi;
    • sudlarga da’vo arizasi bilan murojaat qiladi va sudlarda ishtirok etish uchun vakillarga ishonchnoma imzolaydi.
  •  
     
     
     
    Aripov Jahongir Abduhakimovich Texnik direktor
    Ko'rib chiqiladigan masalalar
    • kompaniyaning Texnik standartlash qo‘mitasi va Texnik kengashiga rahbarlik qiladi;
    • telekommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik siyosatni yuritadi;
    • kompaniya tarkibiy bo‘linmalarining telekommunikatsiya tarmoqlarini (xalqaro, shaharlararo va mahalliy telefon-telegraf tarmoqlari, radioreleyli va optik uzatish tarmoqlari, ma’lumotlarni uzatish va Internet tarmog‘i, abonent ulanish tarmoqlari, simsiz aloqa tarmog‘i) va axborot tizimlarini (billing tizimi, SMS-markazi, IPTV tizimi, Call-center, Data-markazi va boshqalar) ekspluatatsiya ishlarini muvofiqlashtiradi;
    • telekommunikatsiya tarmoqlarida ish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan texnik-tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etilishini muvofiqlashtiradi;
    • telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishda iste’molchilar talablarini qondirish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
    • ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifat ko‘rsatkichlari, davlat aloqa inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, dalolatnomalar va ko‘rsatmalarni tahlil qilish va tegishli choralar ko‘rish ishlarini tashkil qiladi;
    • kompaniya tarkibiy bo‘linmalari tomonidan amaldagi telekommunikatsiya tarmog‘i va axborot tizimlari ekspluatatsiyasiga doir talabnomalar, me’yoriy hujjatlar, qoidalar va qo‘llanmalarning bajarilishini nazorat qiladi;
    • kompaniya tarkibiy bo‘linmalarining elektr ta’minoti tizimlarining samarali va ishonchli ishlashi yuzasidan tashkiliy choralarni amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
    • telekommunikatsiya tarmoqlaridan samarali foydalanish, tezkor boshqaruvni tashkil etish maqsadida, O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi va telekommunikatsiya operatorlari bilan texnik yo‘nalishdagi o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etadi;
    • kompaniya telekommunikatsiya tarmoqlarining butligi va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida, tegishli tahlillar o‘tkazish ishlariga boshchilik qiladi;
    • telekommunikatsiya tarmoqlari imkoniyatlarini hisobga olgan holda xizmat ko‘rsatish turlarini kengaytirish va sifatini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash ishlariga rahbarlik qiladi;
    • kompaniya tarkibiy bo‘linmalarida telekommunikatsiya tarmoqlarini optimallashtirishni tahlil qiladi;
    • kompaniya tarkibiy bo‘linmalarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalari texnik ekspluatatsiyasini tashkil qilish faoliyatlarini o‘rganish jarayonlarida ishtirok etadi;
    • telekommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish boshqarmasi, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi xizmati, elektron hujjat almashinuvi va jamoatchilik bilan aloqalar xizmati faoliyatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarib boradi va mazkur tarkibiy bo‘linmalardagi xodimlarning malakasini oshirish bilan birga, ularga uslubiy yordam ko‘rsatadi hamda bevosita rahbarlik qiladi;
    • o‘zi rahbarlik qilayotgan boshqarma, xizmatlar hamda Kompaniyaning filial va korxonalarida faoliyati bo‘yicha ishlarni tashkil etish, ijrosini ta’minlash va ish holatini tanqidiy tahlil qilish va yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun javobgar hisoblanadi;
    • FVVning signal beruvchi uskunalarini ekspluatatsiya qilish, montaj va loyihalashtirish, gaz asbob-uskunalarini ekspluatatsiya qilish, yong‘indan saqlash signalizatsiyalar, qo‘riqlash hamda yong‘inga qarshi avtomatik vositalarga texnik xizmatlar ko‘rsatish, montaj ta’mirlash, naladka va ularga bog‘liq ishlarini amalga oshirishda rahbarlik qiladi;
    • ishlab chiqarish jarohati, kasbiy va ishlab chiqarishga bog‘liq bo‘lgan kasallik holatlari va sabablarining tahlilini qilish hamda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasbiy kasallik natijasida ishchilarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha tashkiliy choralar ko‘rilishini muvofiqlashtiradi;
    • tegishli nazorat va tekshiruv davlat organlarining vakillari bilan birgalikda hamda kasaba uyushmasining vakolatli (ishonchli) shaxslari ishtirokida binolar, inshootlar, uskuna, texnika, apparatlar va asboblarning texnik holati, ularning mehnat muhofazasi bo‘yicha amaldagi normativ hujjatlarga muvofiqligi, ventilyatsiya tizimlarining ishlash samaradorligi, xonalarning sanitar-maishiy holati yuzasidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarga rahbarlik qiladi;
    • kompaniyada ish yuritishni tashkil qilish va boshqarish, kelib tushadigan hujjatlarning aylanishi, kompaniya tomonidan qabul qilinadigan va ishlab chiqiladigan buyruq, farmoyish hamda boshqa hujjatlarni o‘z vaqtida ro‘yxatga olinishini, tegishli hujjatlarni muddatlarida arxivga topshirilishini nazorat qiladi;
    • o‘z vakolati doirasida belgilangan tartibda ishlab chiqilgan boshqa hujjatlarni imzolashi va tasdiqlashi mumkin.
  •  
     
     
     
    Alimov Talibjan Alimdjanovich Moliya direktori
    Ko'rib chiqiladigan masalalar
    • Kompaniya moliyaviy siyosatini belgilash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, uning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, kompaniyaning strategik maqsadlari va rivojlanish istiqbollari, bozor konyunkturasini hisobga olib, moliyalashtirish manbalarini belgilash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi.
    • Moliyaviy intizomga rioya etilishi, shartnoma majburiyatlarining o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi hamda daromadlar kirib kelishi, yetkazib beruvchilar, buyurtmachilar, kredit tashkilotlari bilan moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirish tartibi, shuningdek, tashqi iqtisodiy operatsiyalar ustidan nazoratni ta’minlaydi.
    • Istiqbol va joriy moliyaviy rejalarni tuzish, pul mablag‘lari budjeti, tasdiqlangan budjetlar tizimi ko‘rsatkichlari ustidan boshqaruvni amalga oshiradi, ularning bajarilishi nazoratini ta’minlaydi.
    • Moliyaviy mablag‘lar holati, harakati va maqsadli foydalanilishi, moliyaviy-xo‘jalik faoliyat natijalari, soliq majburiyatlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
    • Ichki va tashqi foydalanuvchilarga zarur moliyaviy axborotlarni taqdim etish bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtiradi.
    • Kompaniya faoliyati moliyaviy natijalarini tahlil qilish va baholash, moliyani boshqarish samaradorligiga oid chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.
    • Kompaniya bo‘linmalari moliyaviy faoliyatini boshqaradi, xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi, kompaniya xodimlariga moliyaviy masalalar bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatadi.
  •  
     
     
     
    Marking Yevgeniy Gennadyevich Rivojlantirish bo’yicha direktor
    Ko'rib chiqiladigan masalalar
    • xalqaro, davlatlararo, hukumatlararo hamda tarmoq kelishuvlari va shartnomalariga asosan telekommunikatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyihalarni amalga oshirilishini boshqaradi;
    • kompaniya tarkibiy bo‘linmalarining telekommunikatsiya tarmoqlarini (xalqaro, shaharlararo va mahalliy telefon-telegraf tarmoqlari, radioreleyli va optik uzatish tarmoqlari, ma’lumotlarni uzatish va Internet tarmog‘i, abonent ulanish tarmoqlari, simsiz aloqa tarmog‘i) va axborot tizimlarini (billing tizimi, SMS-markazi, IPTV tizimi, Call-center, Data-markazi va boshqalar) rivojlantirish, modernizatsiya qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
    • kompaniya telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va investitsiya loyihalarini tahlil etish ishlari va ularni samarali tarzda foydalanishni kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar va dasturlar ishlab chiqish ishlarini boshqaradi;
    • kompaniyaning telekommunikatsiya tarmoqlarini tashkil etish sxemalarini ishlab chiqish va kelishuv ishlarini olib borishni tashkil qiladi;
    • kompaniya tarkibiy bo‘linmalari tomonidan telekommunikatsiya tarmog‘ini va xizmatlarni rivojlantirish faoliyatini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
    • kompaniya tarkibiy bo‘linmalarining yillik va uzoq muddatli biznes-rejalariga asosan telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, telekommunikatsiya obyektlari va vositalarini kapital va joriy ta’mirlash jihatlarini ekspertizadan o‘tkazish ishlarida ishtirok etadi;
    • kompaniyaning telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiyalash, qayta qurish, tarmoqni va xizmatlarni rivojlantirish maqsadida, Davlat va Kompaniya dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
    • zamon talablariga javob beruvchi telekommunikatsiya tizimlarini tanlash, tender tanlovlarini tashkil etish masalalariga rahbarlik qiladi;
    • kompaniyaning sifat bo‘yicha siyosatini shakllantirishga rahbarlik qiladi;
    • Sifat menejmenti tizimi samarisni doimiy oshirish bo‘yicha chora tadbirlarni ishlab chiqishga rahbarlik qiladi;
    • kompaniya tizimidagi barcha filiallarda sifatni boshqarish tizimini joriy etilishini muvofiqlashtiradi va ushbu yo‘nalishga bevosita rahbarlik qiladi;
    • kompaniya telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiyalash maqsadida amalga oshirilayotgan loyihalarni nazorat qilib boradi;
    • kompaniya tarkibiy bo‘linmalari mutaxassislarini malakasini oshirish borasidagi o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtiradi;
    • telekommunikatsiya tarmoqlarini istiqbolli rivojlantirish boshqarmasi, investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘limi faoliyatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarib boradi, shuningdek, xodimlarning malakasini oshirish bilan birga, ularlarga uslubiy yordam ko‘rsatadi hamda bevosita rahbarlik qiladi;
    • o‘zi rahbarlik qilayotgan boshqarma, bo‘limlar hamda Kompaniyaning filial va korxonalarida faoliyati bo‘yicha ishlarni tashkil etish, ijrosini ta’minlash va ish holatini tanqidiy tahlil qilish va yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun javobgar hisoblanadi;
    • o‘z vakolati doirasida belgilangan tartibda ishlab chiqilgan boshqa hujjatlarni imzolashi va tasdiqlashi mumkin.
  •  
     
     
     
    Vishnevskiy Yevgeniy Isaakovich Marketing va sotuvlar bo’yicha direktor
    Ko'rib chiqiladigan masalalar
    • Biznes va sotuvlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan Kompaniya maqsadlarini shakllantirish va tuzatish kiritish, shuningdek, strategik rejalashtirish jarayonlarida ishtirok etadi;
    • Prognozlar, Kompaniya xizmatlarini amalga oshirish loyihalarini tayyorlash, kompaniya xizmatlariga bo‘ladigan talablar, bozor rivojlanishining istiqbollarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazishni ta’minlaydi.
    • Kompaniya faoliyatini rejalashtirish standartlari, hisobotlar, asosiy ko‘rsatkichlar tizimlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.
    • Kompaniya marketinggini rejalashtirish va budjetlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.
    • Kompaniya yangi mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi, shuningdek, Kompaniya yangi sotuvlar kanallarini joriy etish hamda xizmatlarini ilgari surish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.
    • Marketing tadbirlari rejasining bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
    • Kompaniya sotuvlari strategiyasini ishlab chiqish va bajarilishi jarayonini boshqaradi.
    • Narx siyosatini, tarifikatsiya tizimi va chegirmalarni shakllantirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.
    • Kompaniya marketing, xizmat ko‘rsatish va sotuvlar bo‘linmalarini boshqarishni amalga oshiradi.
    • Kompaniya daromadlarini oshirish uchun kompleks tadbirlarni tashkil etadi.
    • Kompaniya abonentlariga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tashkil etadi va nazorat qiladi, ularning samaradorligini tahlil qiladi.

«O‘zbеktеlеkom» AK rahbariyati, dеpartamеnt dirеktorlari va bo‘lim boshliqlari tomonidan murojaatlar va shaxsiy masalalar yuzasidan fuqarolarni qabul qilish JADVALI


T/r Familiyasi, ismi,sharifi Lavozimi Qabul qilish kunlari va vaqti
1. Roziyev Farhod Zafarovich Bosh dirеktor Seshanba, 15-00 dan 17-00 gacha
2. Aripov Jahongir Abduhakimovich Texnik direktor Chorshanba 15-00 dan 17-00 gacha
3. Alimov Talibjan Alimdjanovich Moliya direktori Juma, 15-00 dan 17-00 gacha
4. Marking Yevgeniy Gennadyevich Rivojlantirish bo’yicha direktor Dushanba, 15-00 dan 17-00 gacha
5. Vishnevskiy Yevgeniy Isaakovich Marketing va sotuvlar bo’yicha direktor Payshanba, 15-00 dan 17-00 gacha
6. Boshqarma, xizmat va bo’lim boshliqlari Dushanba-Juma, 14-00 dan 16-00 gacha